16 fevral, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00gacha 320dan ortiq ukrain yuk mashinalari Rossiya hududida qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya transport nazorati xizmati xabar tarqatdi.
«16.02.2016 yil soat 10:00 holatiga ko‘ra, Rossiya hududida Ukrainaga tegishli bo‘lgan 324ta yuk avtomobili qo‘lga olindi. Ularning eng ko‘p qismi Markaziy va Shimoliy-g‘arbiy federal okrugi hududlarida ushlab qolingan», — deyiladi tashkilot xabarida.
Qayd qilinishicha, avtomobil haydovchilarining ichida qonunga qarshi ish qilgani ro‘yxatga olinmagan.
Zakarpatsk viloyatidagi ukrainalik radikallar 11 fevral kuni Rossiyadan kirib kelayotgan yuk avtomobillari yo‘lini yopib qo‘yish bo‘yicha aksiya boshlagandi. Keyinchalik bu aksiyaga Volin, Roven, Lvov, Ivano-Frankov, Jitomirsk, Vinnitsk, Sumsk va Chernovitsk viloyatlari radikallari ham qo‘shilishgandi. Aktsiya ishtirokchilari Ukraina hududida rus yuk mashinalarining harakatlanishini rasmiy ravishda taqiqlash kerakligini talab chiqqan.
Ukrainadagi vaziyatga javob sifatida Rossiya 14 fevraldan boshlab mamlakat hududida ukrain avtomobillarining harakatlarini taqiqlagandi. 15 fevral kuni Ukraina hukumati Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan yuk mashinalarning Ukraina hududida tranzit harakatlarini vaqtinchalik taqiqlangani bo‘yicha rasmiy ma'lumot bergandi.