«PSJ» klubi prezidenti Serj Ore bilan tarbiyaviy soat o‘tkazdi

Sport 16:47 / 16.02.2016 3922

Fransiyaning «PSJ» klubi prezidenti Nosir Al-Xalayfiy ijtimoiy tarmoqlarning birida jamoa bosh murabbiyi Loran Blan nomiga nomaqbul so‘zlarni ishlatgan klub himoyachisi Serj Ore bilan uzoq muddatli suhbat olib bordi.

«PSJ» xo‘jayini futbolchi bilan suhbatlashganda g‘azablangan va bir necha marta «klubni bunaqa sotishni yoshlikka bog‘lash mumkin emasligi»ni ta'kidlagan. Chunki Ore oldinroq o‘zini o‘yindan chetlatgan hakamga nisbatan ham haqoratli so‘zlarni ishlatgandi.

Hozircha klub ichida Orening bu qilig‘i bo‘yicha bitta fikr yangramayapti. Rahbariyatning bir qator vakillari uni bu ishi uchun qattiq jazolash kerakligini aytayotgan bo‘lsa, boshqalari uni kechirish lozimligini ta'kidlashmoqda.

«PSJ»ning bir qator futbolchilari uni yechinish xonasida ko‘rishni istashmayapti, boshqa futbolchilar esa Oreni himoya qilib chiqmoqda.

Loran Blan: Oreni jamoaga meni bunday sharmanda qilishi uchun olib kelmagandim

Ko‘proq yangiliklar: