«O‘zbeknavo» Kanizaga «Istiqlol» san'at saroyi sahnasida to‘y qilishga ruxsat bermayapti

Jamiyat 22:07 / 16.02.2016 11635

Xonanda Kanizaning «Istiqlol» san'at saroyida to‘y o‘tkazishiga «O‘zbeknavo» ruxsat bermayapti. Bu haqda «Darakchi.uz» xabar bergan.

«Kanizaning shov-shuvli o‘tishi kutilayotgan konsert dasturi, tavallud ayyomi va to‘y oqshomining banneri tayyor bo‘ldi. Bannerda Kanizani doimgidek noan'anaviy qiyofada ko‘rish mumkin», deyiladi xabarda.

Bannerda ko‘rish mumkinki, xonanda 28 aprel kuni «Istiqlol» san'at saroyida to‘y o‘tkazishni rejalashtirgan.

Nashr muxbiri bo‘lajak tadbirga yana bir bor aniqlik kiritish maqsadida xonanda bilan bog‘langan.

Xonanda savollarga javob berish davomida to‘yini «Istiqlol» sahnasida o‘tkazish fikridan qaytmaganini, bu g‘oyaga bo‘lajak turmush ko‘ndirish uchun ancha harakat qilganini, lekin hozircha bunga «O‘zbeknavo» ko‘nmayotganini bildirib o‘tgan.

U agar bu g‘oya amalga oshmay qoladigan bo‘lsa, "to‘yni hamma qatori biror restoranda o‘tkazishdan boshqa chora qolmasligi"ni qo‘shimcha qilgan.

«Kontsertdan so‘ng. Balki bu tadbirni xorijda nishonlarmiz… Buni vaqt ko‘rsatadi», deydi shu xususdagi savolga javoban.

U to‘y liboslarini tanlab bo‘lganini, hozirda uni italiyalik dizayner tayyorlayotganini aytib, ko‘ylakning narxini sir saqlagan.

Ko‘proq yangiliklar: