O‘zbekiston IIV avtomashina egalarini o‘g‘rilaridan ehtiyot bo‘lishga chorladi

O‘zbekiston 20:00 / 16.02.2016 9079

Mashina salonidan narsalarni o‘g‘irlash uchun turli yo‘llarni puxta “o‘rgangan” guruh qo‘lga olingan. O‘zbekiston IIV barcha avtomashina egalarini hushyorlikka da'vat etdi.

Mashina o‘g‘rilari maxsus moslama orqali masofali boshqaruv brelogining signalini tutgach, bu moslama mashinaning signalizatsiyasini o‘chira oladi. O‘g‘irlik sodir etilgach, yana qayta signalizatsiyani yoqish mumkin.

Yoki oddiyroq usul: mashina qulfini otvyortka orqali ochish.

Oxirgi paytlarda “urf”ga kirgan usullardan biri, mashinada odam bo‘lsa ham, bilintirmay kirib, qo‘lga ilinganni o‘marish.

Umuman, mashinangizdagi mulkni tortib olish usullari ko‘p. Eng ko‘p o‘g‘irliklar sodir bo‘ladigan joylar: savdo-ko‘ngilochar markazlari, do‘konlar, yoqilg‘i quyish shahobchalari atrofida sodir bo‘ladi.

Xo‘sh, bunday tahdidlardan qanday himoyalanish mumkin? O‘g‘rilarning e'tiborini jalb qilmaslik uchun mashinada sumka, qimmatbaho buyumlar, telefon, nout buk, pullaringizni qoldirmang. Hatto sumkangizda hech narsa bo‘lmagan taqdirda ham, mashina oynasini sindirishlari mumkin.

Doim mashinangizni yopib yurishga odatlaning, bir daqiqaga chiqsangiz ham.

Mashinani maxsus saqlash joyida qoldirsangiz ham narsalaringizni olib keting.

Qimmatbaho buyumlaringizni ko‘z-ko‘z qilmang, hammaning oldida pul sanamang.

Qancha ehtiyot bo‘lsangiz ham mashinangizga o‘g‘ri tushdi, deylik, darhol tegishli joylarga murojaat qiling.

Ko‘proq yangiliklar: