Nissan kompaniyasi Okamura firmasining oddiy ofis stullarini oldi va ularni yurish qismlari va Wi-Fi orqali nazorat qilinadigan tizim bilan boyitdi.
Natijada, eng oxirida ketayotgan xodim bir chapak chalsa, o‘z joylarini egallaydigan stullar vujudga keldi.
Engadget’ning xabar berishicha, bunday g‘aroyib stullarni yaqin orada sotuvga chiqishini kutish o‘rinsiz, chunki bu kompaniya uchun foyda keltiradigan mahsulotdan ko‘ra ko‘proq reklama usulidir.