"Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxtning ming yillik bayrami mansabdor shaxslar emas, balki oddiy xalq ko‘ngliga qarab o‘tkazish haqida buyruq bergan", deyiladi IA Novosti-Kazaxstan xabarida.
“Ajratilgan mablag‘ni boshliq shaxslar yuradigan yo‘llarni yaltiratishga emas, e'tibordan chetda qolgan, yo‘llari yomon tumanlarga yo‘naltirish kerak”, - dedi Prezident Olmaotani rivojlantirish va Jahon Qishki Universiada—2017 tayyorgarligiga bag‘ishlangan majlis davomida.
Shahar xokimi Baurjan Beybek hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar allaqachon boshlanganini: bolalar uylari, maktablar va poliklinikalar qurilishi rejalashtirilganini bildirdi.