Lada o‘z tarixidagi birinchi turbodvigatelni namoyish qiladi

Fan-texnika 21:26 / 16.02.2016 4826

"AvtoVAZ" korxonasida kompaniyaning tarixidagi birinchi turbodvigatel yaratish ustida ish olib borilmoqda, deb xabar bermoqda "Kolesa.ru" portal.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, 1,4 litrli va 150 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan motor joriy yilning avgustida Moskvadagi avtosalonda namoyish qilinadi. Yangi dvigatelning mahalliylashtirilishi darajasi 60 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi, motor Lada’ning seriyali tarzda ishlab chiqariluvchi avtomobillariga o‘rnatiladi

Qayd etilishicha, 150 ot kuchi – bu dvigatelning eng baland quvvati emas. Motorning eng yuqori quvvati bir daqiqada 5600 oborotda 120 kVtni tashkil qiladi.

Biroq shunga qaramay, seriyali Lada’lar 150 ot kuchidan quvvatliroq motor olmaydilar. Bunday cheklov Rossiya qonunchiligi sababli yuzaga kelgan: 150 ot kuchidan quvvatliroq motorga ega avtomobillarga transport solig‘i stavkasi ikki barobar ko‘proqni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: