Kreml Turkiya bilan munosabatlar chuqur inqirozda ekanini qayd etdi

Jahon 16:27 / 16.02.2016 5587

Kremlda Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar “chuqur inqirozda” ekanligi ma'lum qilindi, deb yozmoqda TASS. Bu haqida matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lumot bergan.

Rossiya-Turkiya munosabatlari yanada murakkablashishi mumkinligini bashorat qilish qiyin ekanligi aytib o‘tilgan.

“Biz mazkur inqirozning tashabbuskori emasmiz” – dedi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 24 noyabr kuni Turkiya Suriya hududi ustida Rossiyaning bombardimonchi Su-24 samolyotini urib tushirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: