Jazoir terma jamoasi doping mojarolari tufayli 2018 va 2022 yilgi JChni o‘tkazib yuborishi mumkin

Sport 14:33 / 16.02.2016 2421

Jazoirda futbolchilarning doping qabul qilishi bilan bog‘liq katta mojaroga yuzaga kelishi mumkin. Mahalliy matbuot hozirda bu borada katta jurnalistik tekshiruv olib bormoqda.

Unda aytilishicha, 2013 yilda futbolchilarning narkotik moddalar qabul qilinishi bo‘yicha kamida 10ga yaqin holat kuzatilgan. Jazoir shahridagi tungi klublardan birining xodimi «Al-Arabi al-Jadid» gazetasiga futbolchilar undan tez-tez amfetamin va boshqa turdagi giyohvandlik moddalari sotib olishganini aytib bergan.

Tibbiyot bo‘yicha ekspertlardan birining «Al-Xabar» nashriga bergan intervyusida ta'kidlashicha, mamlakat bu borada muammolar bor. Chunki futbol klublari doimiy ishchi sifatida shifokorlar xizmatidan foydalanishmaydi.

Doping mojarosi terma jamoaning 2018 va 2022 yillarda jahon chempionatida ishtirokini ham so‘roq ostida qoldirishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta doping mojarosi Jazoir terma jamoasi a'zosi, «USM Jazoir» klubi futbolchi Yusuf Biloliy bilan kuzatilgandi. Afrika chempionlar ligasi uchrashuvidn keyin o‘tkazilgan doping tahlilida Biloliy taqiqlangan preparat iste'mol qilgani ma'lum bo‘lgan va 2 yilga futboldan chetlatilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: