Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi o‘z terma jamoasining 2016 yilgi Yevropa chempionati ishtirokchilari qatoridan chiqarilishiga erishishga tayyor, deb ta'kidlamoqda Marca nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, tashkilot prezidenti Anxel Mariya Vilyar ikki ispan klubining hisob raqamlariga noqonuniy to‘lov o‘tkazganlikda ayblanmoqda.
Nashrning aytishicha, Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi agar Vilyarga nisbatan ish ochiladigan bo‘lsa, terma jamoaning chetlatilishini talab qiladi. Federatsiya raisining ikki o‘rinbosari Ispaniya huumatini federatsiya ishiga aralashuvda ayblab, terma jamoaning chetlatilishi talab qilingan maktubni imzolashdi. FIFA qoidalariga ko‘ra, hukumatning futbolga aralashishi taqiqlangan. Agar Ispaniya sport ma'muriy tribunali Vilyarga qarshi ish ochsa, maktub FIFAga jo‘natiladi.