AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning qizi Tiffani Tramp podiumda debyut qildi, deb xabar bermoqda People nashri. Tiffani Nyu-Yorkda modalar haftasi doirasida defileda ishtirok etdi. Tiffani o‘zining do‘sti Endryu Uorren bilan hamkorlik qiluvchi Just Drew brendi mahsulotini namoyish qildi.
Tiffanini qo‘llab-quvvatlagash uchun uning onasi Marla Meyplz va NSYNC guruhi ishtirokchisi Lens Bass keldi. Jurnalning ta'kidlashicha, 22 yoshli talaba qiz o‘zining o‘gay opasi, model va tadbirkor ayol Ivanka Trampdan ibrat olgan.
Tiffani Trampning onasi va otasi 1999 yilda ajrashib ketishgan. Kizning aytishicha, ota-onasi uni doimo qo‘llab-quvvatlab keladi. Ivanka esa o‘z singlisiga maslahatlar bilan yordam beradi.