Argentinada hakam futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgani uchun otib ketildi

Sport 14:16 / 16.02.2016 3226

Argentinaning Kordoba shahridagi o‘yin vaqtida 48 yoshli hakam Sezar Flores hayotdan ko‘z yumdi. U o‘zi boshqarayotgan o‘yin vaqti futbolchilardan biriga qizil kartochka ko‘rsatganidan so‘ng o‘sha futbolchi tomonidan otib o‘ldirilgan. Bu haqda goal.com nashri xabar bermoqda.

Bu voqea qaysi jamoalar o‘rtasidagi qaysi turnir doirasidagi o‘yinda yuz berganiga aniqlik kiritilmagan.

Uning hayotiga qasd qilgan futbolchining nomi sir tutilgan. U hakamning boshi, bo‘yni va ko‘kragiga 3ta o‘q uzgan.

48 yoshli Sezar o‘sha joyning o‘zida jon berdi. Shuningdek, maydondagi futbolchilardan biri Uolter Sarate ham voqea paytida jarohat olgan va shu zahoti shifoxonaga yetkazilgan. Uning hayoti xavf ostida emasligi aytilgan.

O‘q uzib qochib ketgan futbolchi politsiyasi tomonidan qidirilmoqda.

5 yil oldin Venesuelada o‘yin vaqtida hakam Timoleon Kastiloni 3 o‘q bilan o‘ldirishgandi. O‘shanda qotillikni tribunadagi muxlislardan biri sodir etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: