Moskvadagi Ozyornaya ko‘chasidagi turar joylardan birida 14 yoshli qizning ota-onasi qizini vanna ichida zo‘ravonlik alomatlarisiz o‘lik holda topdilar.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qizning o‘limi mobil telefonning suvga tushishi oqibatida elektr zaryadidan olingan jarohat sababli yuz bergan.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha tergov idoralari ushbu ish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqdalar.
"Ayni paytda bo‘lib o‘tgan voqeaning barcha tafsilotlari o‘rnatilmoqda, sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilishi belgilangan, tekshiruv natijalariga ko‘ra protsessual qaror qabul qilinadi", deb aytdi Moskva bo‘yicha tergov qo‘mitasi bosh tergov boshqarmasining OAV bo‘yicha bosh yordamchisi Yuliya Ivanova.