Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Rossiya Suriyada "terrorchilik tashkiloti kabi" harakat qilmoqda, deb aytdi.
"Agar Rossiya terrorchilik tashkilotidek harakat qilsa va tinch aholini o‘z uyini tark etishga majbur qilsa, bizning tomondan qat'iy javob ko‘riladi", deb aytdi Turkiya bosh vaziri Kiyevga rasmiy safari davomida.
"Rossiya va boshqa terrorchilik tashkilotlari, birinchi navbatda, IShID, insoniyatga qarshi amalga oshirilgan ko‘plab jinoyatlarga javobgardirlar", deb aytdi Ahmet Dovudo‘g‘lu.
Anqara fevralda Rossiya harbiy-koinot kuchlarining bombardimoni tufayli Halab viloyatidan aholining Turkiyaga kelishi keskin oshib ketganini e'lon qilgan.