Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li ayni kez mamlakatda Suriyadagi urushlar sabab qochib kelgan 2,5 million nafar odam borligini bildirdi, deb xabar beradi «Interfaks-Ukraina».
«Men shuni ma'lum qilmoqchimanki, Turkiya hududida ayni paytda bombardimonlardan qochgan 2,5 million nafardan ziyod aybsiz odamlar, ayollar va bolalar bor», — deb xabar berdi Ahmad Dovudo‘g‘li Kiyevdagi Ukraina Bosh vaziri Arsen Yatsenyuk bilan hamkorlikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Avvalroq Turkiya Bosh vaziri o‘rinbosari Numon Kurtulmush mamlakat Suriyalik qochoqlarni qabul qilishda davom etayotgani va bor imkoniyatlardan foydalanilayotgani haqida xabar bergandi.