Turkiya va Suriya chegarasida guruhlar o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuv vaqtida guruhlardan biri orasida bo‘lgan turkiyalik askar halok bo‘ldi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Ayni vaqtda hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritilmoqda.
Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li mamlakat qurolli kuchlarining Suriyadagi kurdlar joylashgan bazalariga zarbalar berganini tasdiqlagan va kurdlar Aazas hududini tark etishi kerakligini ta'kidlagan.
Bundan oldinroq, Suriya TIV turkiyalik askarlar mingan 12 pikap Turkiya hududidan kirib kelgani haqida xabar bergandi.