Shveytsariyada o‘rmonda yo‘qolib qolganlarni qidiradigan dron yaratildi

Fan-texnika 16:53 / 15.02.2016 2472

Tsyurix universiteti ma'lumotiga ko‘ra, Shveytsariya qutqaruv xizmatiga bir yilda o‘rtacha 1000 ta o‘rmonda yo‘qolib qolgan odamlar haqida murojaat qilinadi. Shu universitet izlanuvchilari hamda Italiya sun'iy idrokni o‘rganuvchi IDSIA Instituti mutaxassislari bilan hamkorlikdagi say-harakatlar natijasida o‘rmon sharoitida harakatlana oladigan dron (uchuvchisiz uchadigan moslama) dunyoga keldi.

Kvadrokopter (diagonal qarama qarshi yo‘nalishlarda xarakatlanuvchi bir necha ixtiyoriy vintlarga ega uchuvchi moslama) kameralari yordamida o‘z atrofini o‘rganib chiqadi, odam izlarini qidiradi va aynan shu izlar bo‘ylab xarakatlanadi. Bunday moslamalar yordamida o‘rmonda adashib qolgan odamlarni qidirish jarayoni ancha tezlashadi va yengillashadi.

“Biz avtonom dronlar yuqorida, hech qanday to‘siq bo‘lmagan joylarda uchishiga o‘rganib qolganmiz. Murakkabroq sharoitda, masalan, o‘rmonda esa ularning xarakatlanishi ancha qiyinlashadi. Bunday hollarda hatto eng kichik xato ham moslamaning ishdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin, shu sababli uni o‘rab turgan muhitni to‘g‘ri qabul qilishi uchun unga o‘ta “aqlli miya” kerak”, - deydi Tsyurix universiteti professori Devid Skaramutstsa.

O‘tkazilgan tajribalar, sinovlar natijasida kvadrokopter 85 foiz holatlarda odam izlarini muvaffaqiyatli topgan. Ushbu sinovlarda ishtirok etgan odamlar 82 foiz holatlardagina odam yurgan yo‘laklarni topganlarini inobatga olinsa, loyiha omadli hisoblash mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: