Shtaynmayyer Suriyada urushni to‘xtatish mas'uliyatini AQSh va Rossiya zimmasiga yukladi

Jahon 17:39 / 15.02.2016 4776

Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayyer Suriyada urushning butunlay to‘xtashi ko‘p jihatdan Rossiya va Amerikaning harbiy aloqalariga bog‘liq deb hisoblashini bildirdi.

Bu haqda u Bryusseldagi Yevropa Ittifoqi a'zosi bo‘lgan mamlakatlar vakillari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev intervyularining birida Suriyadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish umumiy qaror bo‘lishi lozimligini aytgandi. 12 fevral kuni Myunxen konferensiyasida tomonlar Suriyada bir xafta davomida o‘t ochmaslikka kelishib olgandilar.

Ko‘proq yangiliklar: