Rossiyalik senator Turkiya va Misr o‘rniga Turkmanistonga borishni taklif qildi

Jamiyat 15:36 / 15.02.2016 5240

Rossiyalik senator, Federatsiya Kengashi va Turkmaniston Majlisi hamkorligi guruhi rahbari Vadim Tyulpanov sayohatchilarga kelayotgan dam olish mavsumida Turkiya va Misr o‘rniga Turkmanistonning Kaspiy dengizi qirg‘oqlaridagi kurortlarni tanlashni tavsiya qildi.

Ushbu masala haqida Tyulpanov Turkmaniston parlamenti raisi Akdja Nurberdiyeva bilan Ashxoboddagi uchrashuvda muhokama qilishgan edi.
Turkmanistonning dengiz bo‘yida qulay va chiroyli kurortlari bor, ular xizmat ko‘rsatish va narx borasida rossiyalik sayohatchilar uchun Turkiya va Misrning o‘rnini bosa oladi. Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida Tyulpanov Turkmaniston kurortlarida dam olish niyati bo‘lgan rossiyaliklar uchun viza rejimini soddalashtirishni taklif qildi.

Rossiyadan Misrga parvozlarni to‘xtatib turish haqidagi qarorni Vladimir Putin 2015 yilning 8 noyabrida imzolagan. Bunga 31 oktabr kuni «Kogalymavia» kompaniyasiga tegishli Airbus A321 samolyotining aviahalokati sabab bo‘lgandi. Turkiya havo harbiy kuchlari Rossiyaning Suriya terroristlariga qarshi kurashish operatsiyasida ishtrok etayotgan Su-24 bombardirovkachi samolyotini urib tushirgach, 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab Rossiya va Turkiya aro charter reyslar ham taqiqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: