Rossiyada Zika bezgagiga chalingan ilk bemor ro‘yxatga olindi

Jahon 15:47 / 15.02.2016 2705

Rossiyada Zika virusidan zararlangan birinchi bemor aniqlandi. Bu haqda mamlakat iste'molchilar huquqlari va inson salomatligini himoya qilish xizmati xabar tarqatdi.

Xabarda qayd qilinishicha, hozirda ushbu virus bilan xastalangan bemor alohida statsionarda saqlanmoqda. Uning holati yaxshi ekani aytilgan.

«Bemor Dominikan Respublikasida dam olishda bo‘lgan. Moskvaga kelganida dastlab unda klinik xastalik omillari aniqlanmagan. Biroz o‘tib esa uning issig‘i chiqqan va badanida har xil toshmalar paydo bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Bemor ayol zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Olib borilgan laboratoriya tekshiruvlari natijasida bemor Zika virusini yuqtirib olgani aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: