«Yuventus» yarimhimoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola mijozining o‘z xizmatini «Barselona»ga taklif qilgani va buning uchun turinliklar rahbariyatidan o‘z transfer narxini tushirishlarini so‘raganini borasida xabarlarni inkor etdi.
«Sport.es‘da chiqqan maqola — bu qog‘ozni isrof qilish. Ular Pogbani kim bilandir adashtirishgan. Pogba kimgadir o‘z xizmatini taklif qilishdan ko‘ra, mening Gvardiolaga agent bo‘lishim tezroq sodir bo‘ladigan hodisa.
Sport.es‘da maqola – butunlay safsata. Balki ular Messini ham «Real»ga telefon qilganini o‘ylab topishar?» — deb yozgan Rayola o‘z tvitterida.