Kuba poytaxti Gavanada Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill va Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastrolarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Fidel Kastro bilan uchrashuv uning Gavanadagi uyida bo‘ldi. Ular qator masalalar, jumladan, xalqaro munosabatlarga oid savollarni muhokama qildilar”, -deydi patriarxning matbuot kotibi ruhoniy Aleksandr Volkov. Uning aytishicha, Fidel Kastro patriarx Kirillning papa Rimskiy Frantsisko bilan uchrashuvi muhim ahamiyat kasb etishini bildirgan. Patriarx Kirill Kastro bilan avval ham 2008 yil 20 oktabr Gavanada uchrashgan.