«Paxtakor» futbol klubi massajchisi qidirilmoqda

O‘zbekiston 14:02 / 15.02.2016 18863

Toshkentning «Paxtakor» futbol jamoasi massajchisi, 1969 yilda tug‘ilgan Anvar Biserov bedarak yo‘qoldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, u joriy yilning 3 fevral kuni uydan chiqib ketgan va qaytmagan. Anvar Biserovni so‘nggi bor Chirchiq shahrida, «Paxtakor» futbol klubining maxsus sport kiyimida ko‘rishgan.

Bu haqda dastlab Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Biserovning yaqinlari xabar qilgan. Hozirda turli ijtimoiy tarmoqlarda suratli xabar tarqatilmoqda.

Xabarda “Uni ko‘rgan yoki mazkur shaxs haqida biror ma'lumotga ega bo‘lganlar ko‘rsatilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘raymiz», — deyiladi.

Ko‘proq yangiliklar: