O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston respublikasi hukumati va Pokiston islom respublikasi hukumati o‘rtasida 1995 yilning 22 mayida tuzilgan ikki tomonlama soliqdan qochish va daromad solig‘ini yashirishning oldini olish bo‘yicha kelishuvga o‘zgartish kiritish haqidagi protokolni tasdiqladi. Bu haqda Uzdaily xabar bergan.
Bu protokol 2015 yilning 17 noyabrida Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning Toshkentga rasmiy tashrifi vaqtida imzolangandi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillarini bajarganligi to‘g‘risidagi tegishli bildirishnomani yuborishi belgilangan.