Olmaotada mototsiklarning harakatlanishiga 35 yil avval kiritilgan taqiqlov bekor qilinadi

Jamiyat 10:19 / 15.02.2016 2050

Olmaota rahbariyati tarixiy ishni amalga oshirishmoqchi, ya'ni 35 yil avval o‘rnatilgan, mototsiklchilarning shahar ko‘chalari bo‘ylab harakatlanishini taqiqlovchi yo‘l belgilarini olib tashlamoqchi.

Bunday ma'lumotni Live 2 Ride jamoatchilik uyushmasi shahar hokimi o‘rinbosari maktubiga iqtibos keltirgan holda tarqatdi.

Mavjud taqiqlovlarning bekor qilinishiga tadbirkor va kommunikatsiyalar ilmiy tadqiqot institutining xulosasi asos bo‘lgan. Unda zamonaviy mototsikllar ekologiyaga avtomobillardan ko‘proq xavf solmasligi, ko‘chalarning yuklanganli borasida esa yaqqol afzalliklarga egaligi aytilgan, chunki ular mashinalardan kichikroqdir.

Olmaota mototsiklchilari taqiqlovlarning bekor qilinishi umidini uzoq vaqt bayker va shahar masilahatining deputati Dmitriy Petruxin bilan bog‘lashgandi, biroq ish Olmaota hokimi Boyirjon Boybek bo‘lgandan keyin siljigan.

Petruxinning aytishicha, mototsikllarning Olmaotaning markaziy ko‘chalarida harakatlanishini taqiqlovchi birinchi belgilar uzoq 1978-79 yillarda paydo bo‘lgan.

2005 yilda shahar hokimiyati bunday belgilardan ko‘proq o‘rnatishni boshlagan va buning evaziga mototsiklchilar uchun taqiqlov hududi yanada kengaygan. Bunday taqiqlovlar shaharning ba'zi hududlarida hech qanday asossiz kiritilgan.

Motosikllarning taqiqlanishiga asosiy sabab ekologiyaning ifloslanishi bo‘lgan. Motosikllarning chiqindi gazlari avtomobilnikidan zararroq, deb hisoblangan. 20-30 yil avval bu haqiqatda ham shunday bo‘lgan.

O‘sha zamonlarda rokerlar deb atalgan mototsiklchilar "Ij" va "Yava" mototsiklarida yurganlar. Bu mototsikllar benzinga qo‘shilishi zarur bo‘lgan motor moyi deb quyuq tutun
chiqargan.

Zamonaviy mototsikllar kamroq tutun chiqarsa ham, biroq ulardan hammasi ham tutun chiqarayotganda shovqinsizroq ishlaydi deb bo‘lmaydi, aksincha, ko‘proq shovqin solmoqda.

Shaharliklarning mototsikllar tutun chiqarganda shovqin solishiga asosli shikoyatlaridan ogohlantirgan holda, Olmaota yo‘lovchi transporti boshqarmasi ba'zi hududlarda mototsiklar harakatlanishini taqiqlovchi belgilarni to‘liq olib tashlashni rejalashtirmayapti, balki ularning kechki soat 10 dan ertalabki soat 7 gacha amal qilishini qoldirishni mo‘ljallamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: