Livan hukumati chiqindilarni mamlakat chegaralaridan tashqariga chiqarib tashlash haqida qaror qabul qilgan. Bu haqda Yalibnan nashri mahalliy OAVga asoslanib, xabar tarqatgan.
Xabarda aytilishicha, bu chiqindilar Rossiyadagi chiqindini qayta ishlash va yo‘q qilish zavodlariga yuboriladi.
Mamlakat Qayta qurish va rivojlantirish kengashi rahbari Nabil al-Jizrning ma'lum qilishicha, 6 oy davomida chiqindilarni Rossiyaga yuborish 50 mln dollarga tushadi. Xabarda aytilishcha, bu chiqindilarni tashish ishlari britaniyaliklarning Chinook Urban Mining International kompaniyasi tomonidan bajariladi.
Agentlikda qayd etilishicha, Rossiya tomoni bu xabarni rad qilgan. Manbaning aytishicha, Livandan chiqindilarni Rossiyaga tashib borish xarajatlari o‘zini oqlamaydi
Yanvar oyida Livandagi chiqindilarni Afrika g‘arbidagi Serra-Leone davlati qabul qilishga tayyorligi to‘g‘risida xabar berilgandi.