Bir necha tashkilotlar hamkorligida ko‘chalarda harakatlanayotgan, hech qanday litsenziyaga ega bo‘lmagan, “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori va shu asosda qabul qilingan “Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan qoidalarga amal qilmaydigan noqonuniy taksichilar faoliyatini o‘rganish tadbirlari keskin oshmoqda.
Saytimiz oraqli ana shunday qonunbuzarlarga nisbatan qat'iy choralar ko‘rilayotgani va bu kabi holatlarni o‘rganish o‘rganish bo‘yicha hatti-harakatlar 15 fevraldan, ya'ni bugundan faollashishi haqida xabar bergandik.
Bugun boshlangan tekshiruv tadbirlarida “Toshshahartransxizmat” AK, Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Avtomobil va daryo transporti agentligi shahar hududiy bo‘limi, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, hokimlikning yo‘lovchi tashish transportining barcha turlarini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti xodimlari ishtirok etmoqda.