Moskva g‘arbida o‘g‘rilar ayolga tashlanib, ichida 32 million rubl puli bo‘lgan sumkasini tortib olishgan, deb xabar beradi TASS.
Voqea Kutuzovskiy prospektida valyuta almashtirish shahobchasida sodir bo‘lgan. Pulni olib qochgan bosqinchilar ketgan mashina rusumi va raqami ma'lum.
Fevral oyi boshida Kutuzovskiy prospektida uchta noma'lum shaxs nafaqaxo‘rning bankomat oldida million rubl pulini o‘marib ketishgan. Huquqni muhofaza qilish organlarining ma'lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar bankomatda yirik miqdorda pul yechib olayotgan odamlarni kuzatib yurishgan.
Avvalroq o‘zlarini pensiya jamg‘armasi ishchilari deb tanishtirgan o‘g‘rilar moskvalik nafaqadagi ayolning uyiga kirib, 1,5 million pulini talon-taroj qilishgan.