NATO kuchlari 2011 yilda Liviyaga kirgandan keyin bu davlat xalqi jinoiy to‘dalar va ekstremistlar asiriga aylandi. Bu haqda Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy "Jeune Afrique" jurnalining yangi sonida chop etilgan intervyusida aytib o‘tdi.
"NATO kuchlari Liviyaga kirgandan keyin bu davlat xalqi o‘z holiga tashlab qo‘yildi, jinoiy to‘dalar va ekstremistlar asiriga aylandi", deb aytdi as-Sisiy.
As-Sisiyning fikricha, u yerda ma'lum vaqtdan keyin "davlat institutlarini tiklash, qurol-aslahani musodara qilish va armiyaga yordam ko‘rsatish kerak bo‘lgan". "Biroq bulardan birortasi qilinmagan", deb aytdi as-Sisiy.
"Liviyadagi betartiblik davom etmoqda, muammolar murakkablashmoqda. Ekstremizm ildiz otgan yoki unga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatilmayotgan barcha joyda vaziyat tanazzulga uchraydi", deb ta'kidlab o‘tdi as-Sisiy.