"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike "Selta" ustidan qozonilgan 6:1 hisobidagi g‘alabadan keyin jurnalistlarning savollariga javob qaytarish asnosida o‘yindagi Lionel Messining 11 metrlik jarima zarbasini darvozaga tepmasdan, sheriklariga oshirib yuborganiga munosabatini bildirib o‘tdi.
"Men bu vaziyatda hech qanaqa maynavozchilik yoki futbolga xos bo‘lmagan holatini ko‘rmadim. Penalti amalga oshirilishida futbol qoidalaridan chetga chiqilmadi. Shunga o‘xshagan penaltini Yoxan Kroyf ham amalga oshirgan.
Bu kimgadir yoqadi, kimgadir esa yo‘q.
"Barselona" barcha sovrinlarni yutish maqsadidan tashqari, muxlislarni chiroyli o‘yinlarimiz bilan quvontirish maqsadini ham o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Men Messining bunday yo‘l tutganidan hayron bo‘lmadim, chunki bunday bo‘lishini sezgandim.
Tarixiy kun deysizmi? Men bunday demayman. Men bu kunni "ajoyib kun" deb atagan bo‘lardim. Axir biz ajoyib futbol ko‘rsatadigan raqiblarimizni mag‘lub etdik. Tarixiy kun deb biron sovrin yutilgan kunga aytiladi", deydi murabbiy.
Messi "Selta"ga qarshi o‘yinda penalti zarbasini kombinatsiyaga aylantirdi