Janubiy Koreyada vertolyot qulab tushishi oqibatida 3 askar halok bo‘ldi

Jahon 14:53 / 15.02.2016 1960

Janubiy Koreya sharqida harbiy vertolyot qulagan. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishcha, vertolyot bortida 4 kishi bo‘lgan va ularning 3 nafari halok bo‘lgani tasdiqlangan.

Vertolyot Chxunchxon shahridan uzoq bo‘lmagan hududdagi dalaga qulagan. Hukumat dastlab vertolyot qulashi vaqtida uning bortida bo‘lgan 4 kishi qutqarilgani haqida xabar bergandi. Keyinroq ma'lum qilinishicha, ulardan 3 nafari shifoxonada jon bergan.

Vertolyot qulagan joyda pastda bo‘lganlarning jabrlanishi qayd etilmagan. Ayni vaqtda halokat sabablari o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: