Hindiston shimolidagi Jarkhand shtati ziyorat udumlarini ado etayotgan kishilar ustiga yuk mashinasi bosib borishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi va 20dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda The Times of India xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, qurbonlar soni 15 nafardan ortiq bo‘lishi ham mumkin.
"Jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilganlarning 10 nafardan ortig‘ining ahvoli og‘ir", deya ma'lumot bergan mahalliy politsiya boshlig‘i Upendra Kumar.
Bu voqea 14 fevral oqshomida, Bagodar va Giridih aholi turar joylari hududlari orasidagi trassada yuz bergan. Politsiyachilarning aytishicha, ziyoratchilar bu vaqtda katta yo‘lga chiqib olishgan. Ular yo‘l yoqasidagi daryoga ma'buda Sarasvatining haykalini tushirish marosimini o‘tkazishayotgan bo‘lgan.
Qayd etilishcha, bu yo‘lda avtomobillar tig‘iz harakatlansada, yo‘lda doimiy ravishda diniy va to‘y marosimlarini o‘tkazishaveradi.