Gollandiya jamoasida to‘p surgan futbolchi 7 yil oldin kelishilgan uchrashuvda ishtirok etganini tan oldi

Sport 16:06 / 15.02.2016 3576

Gollandiya futbol federatsiyasi olib borilgan uzoq tekshiruvlardan keyin 2008/09 yilgi mavsumdagi «Villem» va «Utrext» o‘rtasidagi uchrashuvni kelishilgan deb topdi.

L'Equipe nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, o‘sha paytlarda Gollandiya chempionatida to‘p surgan Ibrahim Kargbo ikki nafar jamoadoshi bilan kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilishda ayblanib jazolangan singapurlik Uilson Radja Perumala bilan o‘yinni yutqazib berishga kelishishganini tan oldi. Unga ko‘ra, har bir futbolchiga 25 ming yevro berilishi va'da qilingan.

Shunga qaramay futbolchilar o‘zlariga va'da qilingan pullarni olishmagan. O‘sha uchrashuvda «Villem» bitta emas, ikkita gol o‘tkazib mag‘lub bo‘lgan. Kelishuvga ko‘ra mag‘lubiyat bitta gol bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: