"Fiorentina" qo‘shimcha vaqtda urilgan gol evaziga "Inter"ni mag‘lub etdi

Sport 10:01 / 15.02.2016 2312

Italiya chempionatining 25 turida "Fiorentina" o‘z maydonida "Inter"ni qabul qildi.

O‘yinda hisob mehmonlar tomonidan ochildi. "Inter" futbolchisi Marselo Brozovich 26 daqiqada gol urib, jamoadoshlarini oldinga boshladi.

Lekin ikkinchi taym boshida, 60 daqiqada Borxa Valero hisobni tenglashtirdi.

82 daqiqada mehmonlar futbolchisi Aleks Telles qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar boshlanganida esa Huma Babakar "fialkalar"ga g‘alaba keltirdi.

Babakarning golidan keyin mezbonlar o‘yin vaqtini cho‘zishga urinishdi va shunday vaziyatlardan birida Sarate "Inter" vakili bilan bahslashib qolgani uchun maydondan chetlatildi. O‘yin hakami Matstsoleni yana bir qizil kartochkani o‘yin yakunlangach o‘zining oldiga kelib, masxaraomuz tarzda qarsak chalgan "Inter" yarim himoyachisi Kondogbiaga ko‘rsatdi.

"Fiorentina" – "Inter" – 2:1 (0:1)
Gollar: Brozovich, 26 (0:1). Valero, 60 (1:1). Babakar, 90+1 (2:1).
"Fiorentina": Teterushanu, Astori, Ronkalya, Rodriges, Bernardeski, Valero, Vesino (Kosta, 87), Telo (Sarate, 58), Ilichich (Babakar, 87), Alonso, Kalinich.
"Inter": Xandanovich, Nagatomo, Miranda, Murilo, Telles, Medel, Brozovich, Kondogbia, Eder (Perishich, 71), Ikardi, Palasio (D`Ambrozio, 84).
Ogohlantirishlar: Telles, 11. Medel, 11. Ikardi, 28. Alonso, 47. Brozovich, 68. Kalinich, 75. Palasio, 76.
Chetlatish: Telles (Inter), 82. Sarate (Fiorentina), 90+5. Kondogbia (Inter), 90+8 (o‘yindan keyin).

Ayni vaqtda "Fiorentina" 49 ochko bilan uchinchi o‘rinda joylashgan. "Inter" esa 45 ochko bilan beshinchi o‘rinda qolmoqda.

Shuningdek, 14 fevral kuni A seriyaning quyidagi uchrashuvlari o‘tkazildi.

Milan – Jyenoa 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 5 Bakka, 2:0 – 63 Xonda, 2:1 – 90 Cherchi.
Milan – Donnarumma, De Shilo, Aleks, Romanoli, Antonelli, Xonda, Montolivo (Poli, 83), Bertolachchi, Bonaventura, Nyang (Menez, 77), Bakka (Balotelli, 88).
Jyenoa – Perin, Itstso (Lazovich, 65), Burdisso, De Meo, Fyamotstsi, Rigoni, Djyemaili (Ntcham, 77), Silva, Suso (Cherchi, 46), Matavj, Laksalt.
Ogohlantirishlar: Rigoni (67), Romanoli (90).

Sampdoriya – Atalanta 0:0 (0:0, 0:0)
Sampdoriya – Viviano, Kassani, Ranokkiya, Silvestre, Fernando, Ivan, Dodo, Soriano (Barreto, 86), Korrea (Muriel, 75), Kualyarella, Kassano (Alvares, 60).
Atalanta – Sportello, Konti, Toloi, Masello, Drame, Kurtich, de Ron, Froyler (Chigarini, 58), Diamanti (Raymondi, 80), Pinilya (Borrello, 65), Gomes.
Ogohlantirishlar: de Ron (26), Ivan (30), Silvestre (41), Diamanti (76), Gomes (78), Borrello (85).

Udineze – Bolonya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 79 Destro.
Udineze – Karnezis, Erto, Larangeyra, Felipe, Edenilson, Kuzmanovich (Fernandesh, 64), Lodi, Xallfredsson, Armero, Rider Matos (Sapata, 58), Tereo (Di Natale, 77).
Bolonya – Anjyelo, Mbayye, Mayyetta, Gastaldello, Morleo, Donsa (Flokkari, 75), Diavara, Taider, Mune (Ritstso, 55), Destro (Brigi, 84), Jakkerini.
Ogohlantirish: Gastaldello (73).

Palermo – Torino 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 1:0 – 2 Jilardino, 1:1 – 19, penalti Immobile, 1:2 – 31, avtogol Gonsales, 1:3 – 69 Immobile.
Palermo – Sorrentino (Alastra, 38), Morganella, Goldaniga (Anjyelkovich, 14), Gonsales, Rispoli, Xilemark (Traykovski, 76), Brugman, Chochev, Vaskes, Jilardino, Kvayson.
Torino – Padelli, Maksimovich, Glik, Moretti, Dzappakosta (Silva, 69), Bennasi, Vives, Bazelli, Bruno Peres (Molinaro, 58), Belotti, Immobile (Martines, 82).
Ogohlantirishlar: Gonsales (36), Vives (39), Glik (43).

Ko‘proq yangiliklar: