Filippinda sobiq diktatorning qimmatbaho buyumlari kim oshdi savdosiga qo‘yiladi

Jahon 15:18 / 15.02.2016 2121

Filippin hukumati sobiq diktatori marhum Ferdinand Markosning oilasiga tegishli qimmatbaho taqinchoqlar ochiq kim oshdi savdosiga qo‘yiladi. Xalqaro mutaxassislarning baholashicha, ularning narhi 1 milliard peso (21 million dollar) dan kam emas.

1986 yilda xalq qo‘zg‘alon ko‘targach, 20 yillik hokimiyatidan so‘ng Markos va uning oilasi Gavayyaga qochib ketadi. To‘ntarish paytida qo‘lga kiritilgan va hozir sotuvga qo‘yilgan xazinada, jumladan – 5 million dollardan kam bo‘lmagan 25 karatli brilliant va oldinroq 30-50 ming dollar deb baholangan, lekin hozir undan bir necha barobar qimmat hisoblangan olmos tiara Cartier bor.

Hukumat a'zolari kim oshdi savdosini mamlakatning amaldagi prezidenti Benino Akino III ning vakolat muddati tugaguniga qadar, ya'ni 2016 1ilning iyun oyiga qadar o‘tkazishga umid qilayotganlarini bildirdilar.

Hukumat tasarrufidagi xususiylashtirish kengashi ushbu savdoni qo‘llagan bo‘lsa-da, sudda hali ham ba'zi kelishmovchiliklar hal etilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: