Germaniyaning «Bavariya» klubi sobiq bosh murabbiyi Feliks Magat Germaniya chempionatini qay tariqa muxlislarbop qilish haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Germaniya kubogining chorak finali muxlislarga olam-olam zavq ulashdi. Bundesligadagi zerikarli o‘yinlardan farqli ravishda to‘rttala uchrashuv ham tomoshabop o‘yin bo‘ldi.
Xuddi MXL va MBAda bo‘lgani kabi bundesligada pley-off tizimi qo‘llanilsa albatta qiziqish ortadi. Chempionlik masalasi hal qilingan taqdirdayam bu qiziq bo‘lardi.
Uchrashuv 0:0 bo‘lib tugaganda ikkala jamoaga ham ochko yozilmasligi ham yaxshi g‘oya. Bu jamoalarni junbushga keltiradi. Bu jamoalarni himoyalanishga emas, balki ko‘proq hujum qilishga undaydi. Bu esa futbolning qiziqarli bo‘lishini ta'minlaydi», – deya yozib qoldirgan Magat o‘zining kolonkasida.