Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning suv ta'minotiga 12 mln yevrolik ko‘mak ko‘rsatadi

O‘zbekiston 20:57 / 15.02.2016 4783

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston suv ta'minotini yaxshilash loyihasiga 12 mln yevro ajratdi, deb ma'lum qildi YeIning O‘zbekistondagi elchisi Yuriy Shterk.

Shterkning aytishicha, loyiha doirasida o‘zbekistonlik mahalliy hokimiyat idoralari, fermerlar va xususiy tadbirkorlik bilan hamkorlikda Yevropa nou-xau va texnologiyalari bilan bo‘lishish ko‘zda tutilgan.

Dastur 4 yil davomida amalga oshiriladi. YeI pul mablag‘lari zamonaviy suvni tejovchi texnologiyalarni sotib olish, O‘zbekistonning Amudaryo va Sirdaryo havazalarida joylashgan 5 ta viloyatda suv zaxiralarini uzatish va nazorat qilish infratuzilmasini tiklash va rivojlantirishga qo‘naltiriladi.

Dasturning texnik maslahatchilari bo‘lib YeI davlatlarining suv zaxiralarini boshqarishga ixtisoslashgan hukumat agentliklari chiqmoqdalar.

2015 yil iyulda YeI O‘zbekistonga 2014-2020 yillarda ko‘rsatiladigan yordam hajmini 168 mln dollar miqdorida tasdiqlagan. Bu pullar sug‘orish infratuzilmasi, agrobiznesga tiklanuvchi energiya manbalarini tatbiq qilish, hududlarda yangi ish o‘rinlarni yaratishga ko‘maklashishga ajratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: