Eron Yevropaga birinchi neft partiyasini yubordi

Jahon 08:06 / 15.02.2016 3535

Eron sanksiyalar bekor qilingandan keyin Yevropaga neft ortilgan birinchi tankerni  yubordi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Ma'lum qilinishicha, Distya Akula tankeri Eronning Fors ko‘rfazidagi Xark orolidagi yuk ortish terminalini trak etgan. Ayni paytda sun'iy yo‘ldoshdan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, u BAAning sharqiy sohilbo‘yi bo‘ylab harakatlanmoqda. Uning bortida 1 mln barrel neft bo‘lishi mumkin.

Eron milliy neft kompaniyasi boshqaruvchi direktorining aytishicha, Yevropaga uchta ilk neft partiyasi yetkazib berilishi Fransiya, Ispaniya va Rossiya bilan tuzilgan shartnomalar doirasida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Eron Yevropaga 4 mln barrel neft yuborishi ma'lum qilingandi. 

Ko‘proq yangiliklar: