Dmitriy Medvedev Asad qanday sharoitda iste'foga ketishi mumkinligini aytdi

Jahon 08:43 / 15.02.2016 12086

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiya vaqtida Euronews telekanaliga intervyu berdi. Suriyadagi vaziyat anjumanning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi, shuning uchun xorijiy jurnalistning Medvedevga bergan savollari ko‘p jihatdan shu mavzu atrofida bo‘ldi.

Jumladan, jurnalist Myunxendagi Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Medvedevdan Suriya prezidenti Bashar Asadning siyosiy kelajagi haqida so‘radi.

"Siyosiy yetakchi sifatida uning taqdirini Suriya xalqi hal qilishi kerak. Buni Asadning o‘zi ham tushunadi. U Moskvaga kelganda bu haqda aytgan: "Agar xalq meni qo‘llab-quvvatlamasa, tabiiyki, men mamlakat boshqaruvida ishtirok etmayman", deb aytgan. Biroq Suriyadagi bo‘lg‘usi siyosiy tuzum, mamlakat qanday qilib boshqarilishi belgilanguncha, u joyida qolishi kerak", deb aytdi Medvedev.

Medvedev, shuningdek, intervyuda Rossiyaning Suriya muammosi bo‘yicha g‘arb davlatlari bilan o‘zaro harakatlari borasidagi savolga Rossiya Suriyada o‘zining milliy manfaatlarini himoya qilayotganini aytdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: