"Darmshtadt" futbolchilari "Bavariya" bilan o‘ynamaslik uchun ataylab sariq kartochka olganlikda gumon qilinmoqdalar

Sport 07:17 / 15.02.2016 3229

Germaniya Bundesligasida ishtirok etuvchi "Darmshtadt" klubining bir necha o‘yinchisi Bunsedliganing 22-turida  "Bavariya"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborish uchun ataylab sariq kartochka olishda gumon qilinmoqdalar.

"Darmshtadt"ning besh futbolchisi 21-turda "Bayyer"ga qarshi o‘z maydonidagi uchrashuvda o‘zlarining bir o‘yinga chetlatilishiga olib kelgan ogohlantirishlar oldilar (Gondorf, 37; Rozental, 69; Sulu, 84; Xeller, 85; Nimayyer, 88; Raush, 90+2). Uchrashuv 1:2 hisobida leverkuzenliklar foydasiga yakunlangan.

Uchrashuvning oxirgi 10 daqiqasida ular tomonidan 4 ta sariq kartochka olingan. Gumonlarni "Darmshtadt"ning bosh murabbiyi Dirk Shusterning aytgan so‘zlari ham kuchaytirmoqda. Shuster o‘yindan keyin "Ha, bizning asosiy o‘yinchilarimiz keyingi o‘yinni diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradilar. Biz "Bavariya"ga qarshi uchrashuvni unaqasiga ham, bunaqasiga ham baribir yutqazardik", deb Shusterning aytgan so‘zlarini keltirib o‘tdi Vild nashri.

Shu tariqa futbolchilar "Bavariya" bilan uchrashuvda kuchlarini zoye ketmaslik va keyingi o‘yinlarda diskvalifikatsiya olish xavfisiz maydonga qaytish uchun ataylab sariq kartochka olgan bo‘lishlari mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: