Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar chog‘ida Suvli qishlog‘idagi xonadonlardan birida qonunga zid ravishda tashkil qilingan yashirin sexda iste'molga yaroqsiz yog‘ mahsuloti ishlab chiqarilayotgani fosh etildi.
Tekshiruv jarayonida aniqlangan xufyona sexda bir dona juvoz uskunasi, 80 litr juvoz yog‘i, 340 kg chigit, 400 kg kunjara, 21 kg paxta tolasi—jami 2 mln.409 ming so‘mlik mahsulot ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudi tomonidan ayblanuvchilarga nisbatan teshigli jazo tayinlandi, deb yozadi “Huquq” nashri.