Chet ellik investorlar O‘zbekistondagi 90ta aksiyadorlik jamiyati kapitalida ishtirok etishi mumkin

Iqtisodiyot 14:45 / 15.02.2016 6660

O‘zbekistondagi 89ta aksiyadorlik jamiyati kamida 15 foizlik ulushga ega xorijiy aksiyadorlarni jalb qiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 10 fevraldagi qaroriga asoslangan holda «Gazeta.uz» xabar bergan.

Hujjat orqali ustav kapitalidagi davlat ulushining kamida 15 foizi xorijiy investorlarga sotiladigan 25ta aksiyadorlik jamiyatidan iborat ro‘yxat tasdiqlangan. Ular orasida «O‘zbekengilsanoat», «O‘zbektelekom», «O‘zbekiston pochtasi», «Matbuot tarqatuvchi, «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing», «O‘ztadbirkoreksport», «O‘zsanoateksport», «Markaziy ippodrom», «Toshkent» RFB va boshqalar bor.

Bu ro‘yxatda beshta bank - «Asaka bank», «Qishloq qurilish banki», «Agrobank», «Ipoteka bank» va «Mikrokreditbank» o‘rin oldi.

«Toshkent» RFB (Respublika fond birjasi)ning bitta aksiya kam 25 foiz miqdoridagi aksiyalar paketini ayirboshlash bo‘yicha Koreya fond birjasi bilan shartnoma tuzilishini ta'minlash ko‘rsatilgan. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 19 martdagi PQ-1727-son qarori asosida amalga oshiriladi.

Qarorda shuningdek ustav kapitalidagi kamida 15 foiz ulushi, shu jumladan qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish yo‘li bilan, chet ellik investorlarga sotiladigan 64ta aksiyadorlik jamiyati ro‘yxati tasdiqlandi. Unga neft-gaz sohasidagi 17ta korxona, 9ta vino-aroq zavodi, «O‘zbekenergo» tuzilmasidagi 10ta qurilish kompaniyasi hamda ko‘mir qazib olish bilan shug‘ullanuvchi «Sharg‘unko‘mir» OAJ kiritilgan.

O‘zbekiston respublikasi prezidentining aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2015 yilning dekabrida chiqarilgan qarorida ustav kapitalida xorijiy investorlarning ulushi 15 foizdan kam bo‘lgan, avval tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari, 2016 yilning 1 iyuligacha bo‘lgan muddatda mazkur qaror bandlarini ta'minlashi lozim. O‘z ustav kapitallariga belgilangan muddatlarda xorijiy investorlarning 15 foizdan kam bo‘lmagan ulushi jalb qilinishini ta'minlamagan aksiyadorlik jamiyatlari, soliq imtiyozlari va preferensiyalar berishdan kelib chiqadigan barcha oqibatlarni hisobga olgan holda, ular aksiyadorlik jamiyatlari reyestridan chiqariladi va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga o‘zgartiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: