Chernogoriya NATOga kirish bo‘yicha muzokaralar jarayonini boshladi

Jahon 20:39 / 15.02.2016 2140

Chernogoriya va NATO Chernogoriyaning NATOga kirishi bo‘yicha elchilar darajasida texnik muzokaralarni boshlashdi. Bu haqda NATOning matbuot-anjumanida ma'lum qilindi.

NATO bosh qarorgohida Chernogoriyaning NATOga qo‘shilishi "uning mustaqilligi va mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga ko‘mak beradi" deb hisoblamoqdalar.

Chernogoriyaning NATOga taklifi qilinishi bo‘yicha qaror NATOga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining 2015 yil dekabrdagi uchrashuvida qabul qilingan.

Taxminlarga ko‘ra, muzokaralar 1,5-2 yil davom etadi, so‘ngra Chernogoriyaning NATOga qabul qilinishi qarori NATOga kiruvchi barcha 28 ta davlat tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: