Avstriya hukumati "xavfsiz davlatlar" ro‘yxatini kengaytirishga qaror qildi. "Xavfsiz davlatlar"dan kelgan muhojirlar qochqin emas, balki "mehnat muhojirlari" deb tan olinadi, ular boshpana olish huquqiga ega bo‘lmaydilar. Bu haqda Avstriya ichki ishlar vazirligining APA axborot agentligi tomonidan tarqatilgan rasmiy bayonotda aytilmoqda. Bu ro‘yxatdan Jazoir, Marokash, Tunis, Gruziya, Gana va Mo‘g‘uliston ham joy oldi.
Vazirlikda bu chora Avstriyaga kelayotgan muhojirlarning boshpana olishga arizalarini ko‘rib chiqishning samaradorligini oshirishga imkon beradi, deb umid qilmoqdalar. Avstriya ichki ishlar vaziri Yoxann Mikl-Lyaytnerning ta'kidlashicha, ro‘yxatning kengaytirilishi qochqinlarni Avstriyaga kelishdan cho‘chitishi kerak. "Mehnat muhojirlari vaziyatida Avstriyada ular himoya olmasliklariga aniq signal berish lozim", deb aytdi vazir.
Avvalroq Avstriya hukumati muhojirlar tomonidan talab katta bo‘lgan yo‘nalishlardan birida joylashgan Bolqon davlatlari: Albaniya, Bosniya va Gertsegovina, Makedoniya, Serbiya, Chernogoriya va Xorvatiyani "xavfsiz" davlatlar deb topgandi.