Avstraliyada jigarrang ilon chaqib olgani tufayli yosh qizcha hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berilmoqda mahalliy nashrlarda.
Bu o‘lim mamlakatda zaharli ilonlar keng tarqalganiga qaramay, juda kam kuzatiladigan holat hisoblanadi.
Olti yoshli qizning o‘limi favqulodda vaziyatlar xizmatlari xodimlarini odamlarni chaqishi ko‘p hollarda hatto og‘riqsiz bo‘lgan jigarrang ilonlarga nisbatan hushyor bo‘lishga undamoqda.
Yangi Janubiy Uels shtatidagi politsiya ilon qizchani Valget yaqinidagi qishloq yerlarida chaqib olganini taxmin qilgan.
U mahalliy kasalxonaga keltirilgan, Sidney bolalar kasalxonasiga olib ketilishidan oldin unga zaharga qarshi vosita berilgan. Biroq uning ahvoli yomonlashgan va shanba kuni vafot etgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Avstraliyada har yili 3 mingga yaqin ilon chaqib olishi holatlari yuz beradi, 300-500ta holat zaharga qarshi davolanishni talab etadi. Har yili sodir bo‘ladigan bunday holatlardan ikkitasi o‘lim bilan yakunlanadi.
Ma'lumot uchun, Avstraliyada jahondagi 25ta turdagi eng zaharli ilonlardan 20 turdagisi uchraydi. Avstraliya muzeyi ma'lumotlariga ko‘ra, Sharqiy Braun iloni boshqa turlarga qaraganda ko‘proq o‘lim holatlariga sabab bo‘ladi.