AQSh va Nigeriya chuchuk suv tanqisligiga uchragan mamlakatlar ekani ma'lum qilindi

Jahon 11:07 / 15.02.2016 3815

Niderlandiyaning Tvente Universiteti olimlari Yer aholisining chuchuk suv tanqisligidan aziyat chekuvchi qismini o‘rganib chiqishdi. Mualliflar o‘z tadqiqotlari natijasini Science Advances jurnalida e'lon qilishdi.

Chuchuk suv yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan odamlarning yarmi Hindiston va Xitoyda, qolganlari Avstraliya, Bangladesh, Pokiston, Nigeriya, Meksika va AQShning janubi-g‘arbi(Kaliforniya, Texas, Florida)da istiqomat qiladi.

Rossiya, Braziliya va Kanada, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Yevropa chuchuk suv tanqisligini his qilmaydi.

Suv yetishmovchiligi tufayli sayyoramizning (Yerda hozir yetti milliarddan ortiq inson yashaydi) o‘rtacha uchdan ikki qismi (taxminan to‘rt milliard odam) doimiy (yilda kamida bir marta) jiddiy muammolarga duch keladilar. Oldinroq olimlar suv tanqisligi balosi atigi 1,7-1,3 milliard insonga tegishli, deb hisoblardilar.

Ilmiy tadqiqotlarida olimlar kompyuter modelidan foydalanishdi. Unda sayyoraning aholi istiqomat qiladigan qismi maydoni 3,1 mingdan ortiq kvadrat kilometrni tashkil etuvchi bo‘laklarga bo‘lib olindi. Mualliflar har bir bo‘limda bir oylik suvga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganib chiqdilar va suvning zahirasini baholadilar.

Ko‘proq yangiliklar: