Agrar sohadagi xorijiy investitsiyalar hajmi oshmoqda

Iqtisodiyot 12:13 / 15.02.2016 3997

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida o‘tkazilgan “Agrar sohada xorijiy investitsiyalar – barqaror rivojlanish omili” mavzuidagi matbuot anjumanida O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida sohaga zamonaviy, yuqori samarali resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning natijalari xususida ma'lumotlar berildi.

Unga ko‘ra, 2003–2015 yillar mobaynida xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy muassasalarning kredit va grant mablag‘lari hisobidan umumiy kredit qiymati 1310 mln AQSh dollarilik 36 ta investitsion loyiha doirasida 760,4 mln dollarlik ishlar bajarilib, 1635 tadan ortiq har xil gidrotexnik inshootlar, 262 km uzunlikda sug‘orish tarmoqlari qurildi, 274 km xo‘jaliklararo kollektorlar, 745 km ichki xo‘jalik kollektorlar va 553 km yopiq yotiq drenajlar rekonstruksiya qilindi, 1174 ga maydonda lazerli tekislash ishlari amalga oshirildi, 264 ta ekskavator, 51 ta buldozer, 8 ta zemsnaryad, 4 ta gidroturbina, 56 dona yirik nasos agregatlari olib kelingan.

Shuningdek, 800 ga yaqin fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga 75 mln AQSh dollaridan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida 1500 gektardan ortiq intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo etildi, 200 gektardan ko‘proq maydonda issiqxonalar qurildi, umumiy hajmi 5,0 ming tonnadan ziyod bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash sexlari ishga tushirildi, umumiy sig‘imi 25,0 ming tonnadan ko‘proq bo‘lgan muzlatkichli omborxonalar foydalanishga topshirildi hamda mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikalari xarid qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: