Yangi Zelandiyada zilzila oqibatida qoya qulab tushdi

Jahon 18:01 / 14.02.2016 5545

Yangi Zelandiya sohillari yaqinida 14 fevralda 5,8 magnitudali anchagina sezilarli zilzila yuz berdi, deb xabar bermoqda AQSh Geologik xizmatiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Zilzila o‘chog‘i 8 km chuqurlikda, markazi Kraystcherch shahridan 17 km uzoqlikda bo‘lgan. Tabiiy fojia oqibatida jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lum qilinmagan.

Zilzila yarim daqiqadan sal ko‘proq davom etganiga qaramasdan, biroq bu serferlarning sevimli plyajlaridan biridagi qoyalarning qulashiga yetarli bo‘ldi.

Mahalliy aholi vakillaridan birining aytishicha, u rafiqasi bilan odatdagidek itini sayr qildirib yurganda birdaniga ularning ko‘z o‘ngida sohildagi qoyalardan biri cho‘ka boshlagan va suvga qulab tushgan hamda o‘zining ortidan havoga chang-to‘zon ustunini ko‘targan. Juftlik bu holatni videoga olib, uni Youtube’da joylashtirgan.

Yangi Zelandiya orqali Tinch okeani "olovli halqasi" – 40 ming kilometrlik vulqon va tektonik yoriqlar zanjiri o‘tadi. U Janubiy va Shimoliy Amerika sohillaridan Alyaska janubiga davom etib, keyin Yaponiya, Filippin va Indoneziya tomon buriladi hamda Yangi Gvineyada tugaydi hamda shu tariqa butun Tinch okeanini bog‘lab oladi. "Olovli halqa"da Yer sharidagi 90 foizga yaqin zilzilalar yuz beradi, chunki unda sayyoramizning ko‘pchilik eng faol vulqonlari joylashgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: