Yurtimizda faoliyat yuritayotgan xususiy tibbiyot muassasalarida xizmatlar uchun belgilangan narxlar bir xil emas. Shu sabab, ko‘pchilik fuqarolarda bu boradagi turli savollar mavjud.
“Darakchi” gazetasida Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Dilfuza Hasanova mavzuga doir ma'lumotlarni berdi:
“O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasida tadbirkorlik sub'yektlari o‘z tovarlari, ishlari va xizmatlarini bozor kon'yukturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va ta'riflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishi belgilab qo‘yilgan. Mazkur qonunga asosan, xususiy tibbiy korxonalar xizmat narxlarini mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega ekanligi ma'lum qilinadi”.