Xitoy va Hindiston ichimlik suvi tanqisligini eng ko‘p sezayotgan davlatlar deb ataldi

Jahon 10:13 / 14.02.2016 4588

Niderlandiyadagi Tvente universiteti olimlari ichimlik suvi yetishmasligidan aziyat chekuvchi sayyoramiz aholisi ulushini baholadilar. Tadqiqot natijalari Science Advances jurnalida chop etildi, u haqda qisqacha The New York Times nashri saytida ma'lum qilindi.

Ichimlik suvi tanqisligini sezayotgan odamlarning yarmi Hindiston va Xitoyda, qolganlari esa Avstraliya, Bangladesh, Pokiston, Nigeriya, Meksika va AQShning janubi-g‘arbida (Kaliforniya, Texas va Florida shtatlari) yashaydi. Rossiya, Braziliya, Kanada, Markaziy va Sharqiy Yevropa ichimlik suvi tanqisligi muammosiga ega emas.

Suvning muntazam yetishmasligi (bir yilda bir oydan kam bo‘lmagan muddat) sababli jiddiy muammolarga jami bo‘lib sayyoramiz aholisining uchdan ikki qismi, ya'ni 4 mlrd ga yaqin odam duch keladi. Avval olimlar, suvning yetishmasligidan 1,7-3,1 mlrd odam aziyat chekishini taxmin qilishgandi.

Olimlar o‘z tadqiqotlarida kompyuter modelidan foydalanishdi. Unda sayyoramizning odamlar yashaydigan hududi 3,1 ming kvadrat kilometrdan kattaroq qismlarga bo‘lib chiqildi. Olimlar har bir qismdagi har oygi suvga ehtiyojni tahlil qildilar va u yerdagi suv zaxiralariga baho berdilar.

Ko‘proq yangiliklar: